«ToshDU desam darhol tushar yodimga…»

U davr ToshDUning ham eng navqiron va viqorli, shukuhli yillari edi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng shahar chetidagi bahavo, yam-yashil bepoyon bir maskanga ko‘chib o‘tgan, jahon standartlariga to‘la javob beradigan muhtasham o‘quv korpuslari, ilmiy laboratoriyalar, kutubxonalar, talabalar va aspirantlar uylariga, zamonaviy sport inshootlari va hokazo infratuzilmalariga ega bo‘lgan bu noyob majmua bag‘rida tahsil olish kishiga chindan ham g‘urur va iftixor bag‘ishlar edi.
Xayriddin SULTONOV,
yozuvchi. ToshDU jurnalistika fakultetining talabasi (1973–1978)