O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga Qozon Federal universiteti diplomi topshirildi



Tadbirda so‘zga chiqqan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova O‘zMU hamda QFU o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi samaralari haqida so‘z yuritib, professor-o’qituvchilar va talabalarning akademik mobillik doirasida almashinuvi yaxshi yo’lga qo’yilganligini ta’kidlab o‘tdi.


Shuningdek, tadbirda O‘quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish bo'limi boshlig'i Vohidjon Topildiyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig'i Shuhrat Lakayev va Qo‘shma ta’lim fakulteti dekani Nodir Narziyevlar so‘zga chiqib bitiruvchi talabalarni diplom bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi. Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 4-iyul kuni “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo’nalishining 31 nafar bitiruvchi talabalari Qozon Federal universiteti diplomi taqdirlangan edi.

