Kuni kecha O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti vakillari strategik iqtisodchi kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganish maqsadida Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti tasarrufidagi Moskva iqtisodiyot maktabida bo’ldilar.

Ma'lumot o'rnida, O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov Rossiya strategiya maktabining asoschisi, strategiya nazariyasi bo‘yicha dunyodagi yirik mutaxassis, akademik Vladimir Lvovich Kvint bilan uchrashib, ushbu g‘oya yuzasidan kengashgan edi. Vladimir Kvint O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida boshqarishga tayyorligini bildirgan edi.


