O‘zMU talabalari diqqatiga!
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ta’lim muassasalaridagi siyosiy tahlil, maslahat va texnologiyalar bilimdonlari o‘rtasida “Siyosat maydoni” tanlovi o‘tkazilmoqda.Tanlovda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va jurnalistika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 2 bosqichdan (universitet va respublika) iborat boʻlib, respublikaga universitet bosqichida yuqori oʻrin egallagan 6 nafar talaba yoʻl oladi.
Universitet bosqichi shu yilning 27-noyabr kuniga qadar boʻlib oʻtadi. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan talabalar tanlov shartlarida belgilangan mavzularda aniq manbalar ko‘rsatilgan holda tahliliy maqola yozishlari kerak bo‘ladi.