“Kartografiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijiy ta'lim muassasasida malaka oshirishdi

O‘zMU professor-o‘qituvchilari dastlab “Geografiya va kartografiya” kafedrasi mudiri E.M.Pudovik bilan uchrashib, kafedra tarixi va bugungi kundagi faoliyati bilan tanishishdi.
Geografiya va kartografiya kafedrasi professori, Rossiya Federatsiyasida geoinformatika sohasida ilk dissertatsiya ishini himoya qilgan (1983 y.), g.f.d. Mixail Valentinovich Panasyuk bilan kartografiya va geoinformatika sohasidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar yuzasidan suhbatlashishdi.





