O‘zbekiston Milliy universitetida adolat va taraqqiyot qomusi – Konstitutsiyamiz hamda milliy ramzlarimizdan biri hisoblangan – Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – adolat tantanasi” va “Madhiyam – faxrim» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari raisi o‘rinbosari, senator Farhod Boqiyev ham so‘zga chiqib, yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.








