Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan intellektual bellashuv tashkil etildi

🔹 O‘zbekiston Milliy universiteti “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Konstitutsiya – ijtimoiy-siyosiy islohotlar tayanchi” mavzusida intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.

🔸 Unda olti nafar jamoa uch shart bo‘yicha: tanishtiruv, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddasiga tayanilgan sahna ko‘rinishi hamda savol-javob shartlari bo‘yicha bellashishdi.

🔹 Tadbir davomida talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20, 21, 54, 55, 57, 76, 79, 80-moddalarini o‘zida aks ettiruvchi turli sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Shuningdek, kazus tarzida berilgan tezkor savollarga jamoa bo‘lib javoblar berishdi.