Matematika fakulteti bitiruvchilari va iqtidorli talabalar uchrashuvi o‘tkazildi

Ushbu anjumanda Matematika fakultetining bitiruvchilari, moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov, Davlat Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev hamda akademiklar Abdulla A’zamov, Shokir Farmonov, professorlar Nosir Gʻanijo‘xayev, Sherzod Miraxmedov, Shoturg‘un Shorahmedov, Yoqubjon Xusanboyev, Matematika instituti direktor o‘rinbosarlari professor O‘tkir Roziqov, Abror Xudoyberdiyev va boshqalar ishtirok etdilar.





