O‘zMU huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

Mazkur konferensiyaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganligi tantanali e’lon qilindi.
Xalqaro konferensiyada nazariy fizika sohasida olib borilayotgan xalqaro tadqiqotlar, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan fundamental tadqiqotlar natijalari haqida ma’ruzalar qilinishi rejalashtirilgan.





