Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oʻzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Raima Shirinova hamda Taʼlimning kredit tizmini tashkil etish boshqarma boshligʻi Jasur Karimov Italiyadagi TUSSIA universitetining oʻquv hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻlimi vakillari bilan uchrashdi.


Bugun, 1-fevral kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Raima Shirinova hamda Taʼlimning kredit tizmini tashkil etish boshqarma boshligʻi Jasur Karimov Italiyadagi TUSSIA universitetining oʻquv hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻlimi vakillari bilan uchrashdi.

Onlayn uchrashuv davomida 2024-2025 oʻquv yilida Arxeologiya va Biologiya mutaxassisliklarida 3+1, 1+1 dasturlari asosida qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish taklif etildi. Oʻquv rejalar,oʻquv soatlari,dasturlar,imtihon, qabul qilish shartlari boʻyicha hujjatlarga qoʻyiladigan talablar muxokama qilindi.

Shuningdek, ikki universitet oʻrtasida Erasmus+ dasturi loyihalarini birgalikda amalga oshirish va hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.





Xalqaro aloqlar bo'limi