O‘zbekistondagi birinchi xalqaro IT akademiya — NextGen Academy asoschilari O‘zMUda bo‘lishdi

Ma'lumot o'rnida, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 23-mart sanasida IT Park hamda Bangladeshdagi Amerika Xalqaro Universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi birinchi xalqaro IT akademiya – NextGen Academy tashkil etildi.
NextGen Academy asoschilari ishtirokida IT ta’lim sohasini rivojlantirish, hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida uchrashuv tashkil etilmoqda.





