O‘zMU axborot texnologiyalarining joriy etilishi bo‘yicha respublikada yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylantiriladi

Unda O‘zbekiston Milliy universitetidan vakil sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha mas’ul – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov hamda raqamli va axborot texnologiyalari markazi direktori Ulug‘bek Musurmonovlar ishtirok etdi.
Prorektor Y.Ergashov O‘zMUda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha qilingan va ayni vaqtda olib borilayotgan ishlar xususida taqdimot qildi. O‘zMU mas’ulining hisoboti vazir maslahatchisi tomonidan yuqori baholandi.


