Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’ZMU TARKIBIDA KOSMIK TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISH

2021-yilning 6-dekabr kuni Davlatlararo tuzilgan memorandum Belorusiya Davlat universiteti tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida aerokosmik tadqiqotlar markazini tashkil etish to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda Oquv ishlari boyicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Xikmat Saburov, Geologiya va geoinformatsion tizimlar, Geografiya, Fizika, Matematika va amaliy matematika fakultetlari mutaxassislari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

O’zMU Axborot xizmati