O‘zMUda «Konstitutsiya bilimdoni» ko’rik-tanlovi final bosqichi o‘tkazildi

🔸 Finalda 10 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuzasidan belgilangan mavzular bo'yicha taqdimot qildi. Ishtirokchilar hakamlar hay'ati tomonidan tanlov Nizomida keltirilgan mezonlarga muvofiq baholab borildi.
🔹 Tanlov yakunida umumiy ballar e'lon qilinib, har bir ishtirokchining yutuq va kamchiliklari izohlab berildi. Shundan so'ng, final bosqichi g'oliblari va faol ishtirokchilar universtitet va tanlov homiysi tomonidan taqdirlandi.








