Mexatronika sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bugun, 2023-yil 26-aprel kuni Rossiyaning “ROBBO” AJ, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida Mexatronika sohasida ilmiy tadqiqot laboratoriyasini ochish hamda laboratoriya mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha uch tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
