O‘zMUda “Qaqnus” talabalar teatr guruhining spektakli namoyish etildi
21-sentyabr O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan "Qaqnus" talabalar teatri tomonidan "Qobil ila Hobil" spektakli namoyish etildi. Ijodiy taqdimotda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova ham ishtirok etib, o'z kirish so'zida "Qaqnus" talabalar teatr guruhi maqsadi hamda namoyish etilgan spektaklning mazmun-mohiyati haqida ta’kidlab o‘tdi.

