🇺🇿 🇰🇿 Ayni vaqtda O‘zMU rektori Inom Madjidov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining yubileyida ishtirok etmoqda.

Yubileyda faxriy mehmon sifatida ishtirok etayotgan O‘zMU rektori Inom Madjidov xalqaro forumda ma’ruza qilib, Janubiy Qozog‘iston universitetining ko‘p yillardan buyon sezilarli muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgani, Qozog‘iston oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallab borayotganini e’tirof etdi.





