Shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi. Yig‘ilishni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Toshmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, “Manfaatlar to‘qnashuvi” va “Shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etishga yo‘l qo‘ymaslik” to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.
Mazkur mavzu bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish “KN” TB bo‘limi boshlig‘i Sh.Gʻulomov, O‘quv ishlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i yuridik fanlari doktori professor V.Topildiyev va jurnalistika fakulteti dotsenti T.Eshbekov, hamda moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo'yicha prorektor V. Yodgorovlar ma’ruza qildilar.
Yig‘ilish davomida qatnashuvchilarning savollariga javob berilib, mavzu batafsil tushuntirildi.
O‘zMU Axborot xizmati








