Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tabriklaymiz

2021-yilning 25-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligida Respublika oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Islohotlar bilimdoni" keng tarmoqli Respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi natijalari eʼlon qilindi.
"Yilning eng faol milliy g‘oya va maʼnaviyat targ‘ibotchisi" nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin O‘zMU professor-o‘qituvchisiga nasib etdi. G‘olibga diplom, statuetka va vaucherni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minxojiddin Xodjimatov topshirishdi.
O‘zMU sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Jurnalistika fakultetining bayroqdor ustozi Eshbekov To‘lqin Usmonovichni universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz.

O’zMU Axborot xizmati