Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tarix fakultetida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xalqaro reytingdagi natijalarni yuqori bosqichga ko‘tarish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Tarix fakultetida dekan Alisher Mo'minov, dekan o‘rinbosari Otabek Mo‘minov boshchiligida kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda 2024-yilda universitetning xalqaro reytingdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan QS World University Rankings by Subject reytingida qadimga tarix va arxeologiya sohalari bo'yicha O'zMUning top-100 universitetlar qatoridan o‘rin egallashini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi, shuningdek, fakultet jamoasiga 2024-yilda xorijiy hamkorlar bilan yanada samarali ishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.