Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Kostitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati faoliyati hamda yangi qabul qilingan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi va OAV vakillariga ishtirok etdi.