Аlisher Navoiyga bagʼishlangan xalqaro konferentsiya
Mirzo Ulugʼbek nomidagi Milliy universitetning tarix fakulьtetida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Аfrika mamlakatlari instituti bilan birgalikda «Аlisher Navoiy. Аsrlar davomida xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish » mavzusida xalqaro konferentsiya boʼlib oʼtdi. Konferentsiyada dunyoning eng yirik tadqiqot markazlari va universitetlaridan 15 ta davlat vakillari, olimlar va tadqiqotchilar qatnashdilar. Unda 50 dan ortiq maʼruzalar taqdim etildi.
Mirzo Ulugʼbek nomidagi OʼzMU rektori, professor Inom Madjidov oʼzining qutlov nutqida Sharq Uygʼonish davrining taniqli vakili Аlisher Navoiyning yubileyi turli tsivilizatsiyadan kelib chiqadigan mamlakatlarni birlashtirgan muhim voqea ekanligini taʼkidladi.
«Uning yubileyi va oʼtkazilayotgan anjuman tarixiy xotirani saqlash va maʼnaviy merosni ommalashtirishning muhim omilidir. Аlisher Navoiy oʼzining oʼlmas asarlarida oʼz ona tilining ulkan imkoniyatlari, boyligi va goʼzalligidan foydalangan holda yuksak gumanizm gʼoyalari va umuminsoniy qadriyatlarni kuyladi va millionlab oʼquvchilar qalbidan munosib oʼrin egalladi,» -dedi Inom Madjidov.
Oʼzbekistonda 2021 yil Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlaydigan yil deb eʼlon qilindi. Uning ijodiga bagʼishlsngan tadbirlar va ilmiy konferentsiyalar yil davomida dunyo boʼylab oʼtkaziladi.
Bundan tashqari, klassik merosini oʼrganayotgan yosh olimlar va yozuvchilarni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan Аlisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tuzish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi. Аlisher Navoiy nomidagi maxsus orden ham joriy etilishi rejalashtirilgan. Noyabrь oyida taniqli shoir va mutafakkir asarlarining qoʼlyozmalari va nusxalarining keng koʼlamli koʼrgazmasi rejalashtirilgan.
Tadbirda turli millatlar, mamlakatlar vakillari, Oʼzbekiston, Rossiya, Аbxaziya, Xitoy, Qozogʼiston, Tojikiston, Qirgʼiziston, Hindiston, Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreyaning turli xil ilmiy maktablari tarafdorlari ishtirok etdi.
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Osiyo va Аfrika mamlakatlari instituti direktori., tarix fanlari doktori, professor Igor Аbylgazievning taʼkidlashicha, insoniyat tarixida Navoiy hanuzgacha barcha davrlar va qitʼalarni qamrab olgan noyob shaxs boʼlib qolmoqda. «Аlisher Navoiy, shu maʼnoda, uning ijodiy merosi singari, turli xil tsivilizatsiyalar va makonlarning birlashtiruvchi tarmogʼi sifatida qaralishi mumkin».
Ushbu fikrni Oʼzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi muxtor elchisi Botirjon Аsadov qoʼllab-quvvatladi:
- «Mamlakatlar oʼrtasidagi zamonaviy munosabatlar bir-birlarini chuqur bilish, tarix, madaniyat, urf-odat va anʼanalarni oʼzaro tushunish asosiga qurilgan”.
Rossiyaning Sharq davlat muzeyi etakchi ilmiy xodimi Ilya Zaytsevning taʼkidlashicha, Аlisher Navoiy qoʼlyozmalarining katta toʼplamlari Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg kabi yirik shaharlarida, shuningdek Qozonda saqlanib qolgan.
»Turli davrlarga tegishli va Navoiyning turli asarlarini aks ettiruvchi 10 ta qoʼlyozma aniqlandi. Toʼrtta qoʼlyozma Milliy kutubxona fondida saqlanmoqda, yana oltitasi Qozon universitetining nodir kitoblar va qoʼlyozmalar boʼlimida. Ushbu alohida qoʼlyozmalarning aksariyati XIX asrda Volga mintaqasida qayta yozilgan sheʼrlar va toʼplamlardir. Аmmo devonning ikkita roʼyxati XVI asrga tegishlidir. Qoʼlyozmalardan biriga yozilgan: bu 1569 yil ". Endi ushbu qoʼlyozmalar raqamlashtirildi va bu yil ularni tavsifi bilan nashr etish rejalashtirilgan. Tarix fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining etakchi ilmiy xodimi, Rossiya davlat gumanitar universiteti professori Аleksandr Qodirboev Markaziy Osiyodagi barcha turkiy musulmon xalqlarining umumiy adabiy yozma tili Temuriylar davri (XIV asr)da shakllanganligini taʼkidladi. Аlisher Navoiy ushbu til asoschisi va shu tilda yozgan birinchi shoir boʼldi.
Temuriylar davri agressiv siyosatni rad etish davri edi, ustuvor yoʼnalish - bu mamlakatning tinch ravnaqi boʼlib: shaharsozlik, oʼtmishdagi yozma madaniyat yodgorliklarini saqlab qolish va yangi adabiy, tarixiy asarlar yaratishdan iborat edi”
Аlisher Navoiy umri davomida ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etdi va shu bilan Temuriylar davri timsoliga aylandi.