Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«ToshDU desam darhol tushar yodimga…»

Umrimning eng quvonchli va saodatli yillarida Toshkent davlat universiteti – hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olish baxti nasib etdi.

U davr ToshDUning ham eng navqiron va viqorli, shukuhli yillari edi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng shahar chetidagi bahavo, yam-yashil bepoyon bir maskanga ko‘chib o‘tgan, jahon standartlariga to‘la javob beradigan muhtasham o‘quv korpuslari, ilmiy laboratoriyalar, kutubxonalar, talabalar va aspirantlar uylariga, zamonaviy sport inshootlari va hokazo infratuzilmalariga ega bo‘lgan bu noyob majmua bag‘rida tahsil olish kishiga chindan ham g‘urur va iftixor bag‘ishlar edi.

Xayriddin SULTONOV,

yozuvchi. ToshDU jurnalistika fakultetining talabasi (1973–1978)