9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Shohnazar G‘ulomov ochib berdi. Uchrashuvda Kimyo fakulteti rahbariyati va 1-2 bosqich talabalar ishtirok etdi.