“Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida xalqaro darajadagi uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 27-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash maqsadida “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda AQSh, Saudia Arabistoni, Italiya, Afg‘oniston, Misr, Turkiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Qizg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya, Malayziya va Jazoir kabi xorijiy mamlakatlardan davlat, fan va jamoat arboblari ishtirok etishdi.