Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Biz sen bilan faxrlanamiz, Ulug‘bek!

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabasi Ulug‘bek Rashitov ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek taekvondochisi sifatida tarixga kirdi.

-68 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Eng quvonchlisi, Ulug‘bek Rashitov sharafiga Parijda O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

Alohida ta’kidlaymizki, Ulug‘bek otaxon universitetda o‘z iqtidori, salohiyati, bilimi va tarbiyasi bilan ko‘plab talabalarga yaqqol namuna bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy universitetining ko‘p ming sonli jamoasi, talaba-yoshlari Taekvondo va sport faoliyati fakultetining iqtidorli talabasi, O‘zbekiston iftixori Ulug‘bek Rashitovni ushbu yorqin g‘alaba bilan qizg'in tabriklaydi.

Sportchimizga kelgusi Olimpiadalarda ham muvaffaqiyatli qatnashib, jahon taekvondosi tarixida ham takrorlanmas rekordlar sohibi bo’lishini tilab,

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi