Bugun O’zMUga qarashli 4-sonli talabalar turar joyida jinoyatchilik va korrupsiya mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahri Olmazor tuman bo'limi boshlig'i Narzulla Xoltoʻrayev, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi va Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari, Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani Muzaffar Chorshanbiyev hamda tarbiyachi-pedagoglar va talabalar ishtirok etdi.
Adliya maslahatchisi Narzulla Xoltoʻrayev tomonidan talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, universitet ichki tartib qoidalariga rioya etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida zarur tushuncha va ko‘nikmalar berildi.