Elsevierning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mas’ul rahbari Damir Raxmetov O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Kompaniya rahbari tashrif chog‘ida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi “Molekulyar va hujayra biotexnologiyasi” nomli oliygohlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi hamda Biologiya fakultetidagi Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya faoliyati bilan tanishib, tegishli uskunalarni ishlatish va ilmiy natijadorlikni oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.
Uchrashuvda Damir Raxmetovga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov hamda Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Nizomiddin Aliyev hamrohlik qilib, universitetdagi ilmiy faoliyat, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning natijadorligi xususida ma’lumot berildi.