Biz yoshlar sogʼlom turmush tarzini tanladik
]Oʼzbekiston Respubliksi Prezidenti "Tibbiy profilaktika ishlari samarodorligini yaanada oshirish orqali jamoat salomatligini taminlashga oid qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida" 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4891- sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yil 11 fevralь kuni UzMU Xotin-qizlar kengashi raisi R.P.Rustamova tomonidan Olmozor tumani sogʼlikni saqlash birlashmasi, talabalar polikliniksi hammda Taekvando va sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish fakulьteti hamkorligida "Biz yoshlar sogʼlom turmush tarzini tanladik" va "Sogʼlom va toʼgʼri ovqatlanish" mavzusida tadbir oʼtkazildi.
Respublikamizda sogʼliqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yoʼnalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2025 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimini, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, 2022 yilga qadar yuqumli boʼlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish kontseptsiyalari hamda sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi va ijroga qaratildi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʼra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yogʼ miqdori koʼp boʼlgan taom va shirinliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional oʼsish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli oʼsma kabi insonning erta oʼlimiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʼladi. Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan olingan saboqlar kasallikning ogʼirligi va oʼlim holatlarining katta qismi notoʼgʼri turmush tarzi tufayli kelib chiqadigan yoʼldosh kasalliklar bilan chambarchas bogʼliqligini koʼrsatdi.
Talabalar-yoshlar sportning tenis, shaxmat, shashka, gimnastika turlarida qatnashishdi. Hamda “Sogʼlom hayot” shiori ostida besh ming qadam yurish marafonida ishtrok etishdi. Tadbirda Olmazor tumani TTB boshligʼi А.K.Nizomov, Olmazor tumani STT va JFO boʼlimi mudiri Sh.R.Tursimetova, Talabalar shaharchasi MKP bosh shifokori F.А.Аgzamova, STT xodimi G.Sh.Musaeva, Taekvando va sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish fakulьteti yoshlar bilan ishlash boʼicha dekan oʼrinbosari U.Karimov va talaba yoshlar qatnashishdi. Tadbir “Oʼzbekiston 24” va “Yoshlar” telekanallarida yoritildi.
OʼzMU Xotin-qizlar kengashi raisi R.P.Rustamova.