The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

FАN-TА`LIM VА ISHLАB CHIQАRISH INTEGRАTSIYASI АMАLDА

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetining Kimyo fakulьtetida magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari boshlandi.

Unga Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining Noorganik kimyo instituti direktori X.Sharipov va OʼzMU Kimyo fakulьteti dekani, professor Shaxnoza Kadirovalar boshchiligidagi ilmiy jamoa bilan birgalikda bevosita ish beruvchi korxona, tashkilot vakillari va ilmiy muassassalarning yuqori malakali mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Bu mamlakatimizda oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining amaliyotda keng qoʼllanilayotganini va bitiruvchilarni ishga qabul qilish jarayoni uchun ochiq tanlov imkoniyati yaratilganini koʼrsatadi.

OʼzMU Аxborot xizmati