The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

“KITOB – INSON MA’NAVIYATI KO‘ZGUSI”

Joriy yilning 23 aprelь kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulьteti tashabbusi bilan "Kitob - inson maʼnaviyati koʼzgusi" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Mirza Karim, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Salika Salimova, universitet Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi B.Mallabaev, Ijtimoiy fanlar fakulьteti dekan muovini O.Musurmonkulov, guruh murabbiyi E.Nishanboeva, Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʼyicha masʼul J.Yusubov, universitet va fakulьtet axborot resurs markazi xodimlari va 1-kurs milliy gʼoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʼnalishi talabalari ishtirok etdi.

OʼzMU Ijtimoiy fanlar fakulьteti