Nazariya va amaliyot uygʼunligi – yetuk mutaxassislar tayyorlashning muhim omili
Bugun Oʼzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulьtetida “Oʼzbekinvest” eksport-import milliy sugʼurta kompaniyasi bilan hamkorlikda «Oʼzbekistonda sugʼurta bozori va taʼlimining bugungi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari» mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya boʼlib oʼtdi.
Konferentsiyada “Oʼzbekinvest” eksport-import milliy sugʼurta kompaniyasi Bosh direktorining birinchi oʼrinbosari Rustam Xalikov, sugʼurta maktabi direktori Baxrom Komilov, aktuar hisoblar va sugʼurta zaxiralarini shakllantirish departamenti katta menejeri Bahodir Shamsiddinov oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferentsiyada Rossiya Federatsiyasi Hukumati qoshidagi Moliya universiteti professori Аleksandr Sыganov onlayn tarzda «Pervыe itogi pandemii na rыnke straxovыx uslug» mavzusidagi onlayn maʼruzasi bilan qatnashdi.
Tadbirda oliy oʼquv muassasasi hamda sugʼurta kompaniyasining hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2019 yil 2 avgustdagi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarori sugʼurta bozori faoliyatini rivojlantirishda muhim huquqiy hujjat boʼlmoqda.
Maʼlumki, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulьtetining “Oʼzbekinvest” eksport-import milliy sugʼurta kompaniyasi bilan 2019 yilda imzolagan memorandumi doirasida taʼlim muassasasi talaba-yoshlari kompaniyada amaliyot jarayonlarini olib borishdi. Shuning bilan bir qatorda, bilimli va salohiyatli bitiruvchi yoshlar kompaniyada ishlash imkoniyatiga ham ega boʼldi.
Mazkur amaliy hamkorlikning davomi sifatida Iqtisodiyot fakulьtetida Innovatsion sugʼurta markazi tashkil etildi. Markazni ochishdan asosiy maqsad ham nazariya va amaliyot uygʼunligini taʼminlash, markazda sugʼurta kompaniyasining tajribali mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil etish, sugʼurta faoliyatiga oid yangi huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni tahlil qilish, sugʼurta kompaniyalari yetakchi mutaxassislarining amaliy tajribalari bilan talaba-yoshlarni tanishtirish, ularning mazkur sugʼurta kompaniyalarida amaliyot jarayonlarini olib borishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, shuning bilan bir qatorda, yetuk va salohiyatli, bilimli bitiruvchi-yoshlarni sugʼurta kompaniyalariga ishga taklif etish imkoniyatini yaratish koʼzda tutilgan.
“Oʼzbekinvest” eksport-import milliy sugʼurta kompaniyasining Sugʼurta maktabi direktori Baxrom Komilovning taʼkidlashicha, universitet hamkorligida tuzib olingan «Yoʼl xaritasi» doirasida mazkur markaz faoliyatini rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi. Oʼylaymanki, mazkur markazda talaba-yoshlar sugʼurta bozoridagi soʼnggi yangiliklardan xabardor boʼlishadi, bevosita aholining sugʼurta madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga oʼz hissasini qoʼshadigan mutaxassis boʼlishadi.
Konferentsiyada sugʼurta bozorida faoliyat koʼrsatadigan zamonaviy va salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash borasida Iqtisodi yot fakulьtetining professor-oʼqituvchilari tomonidan olib borilayotgan nazariy ishlar haqida maʼlumot berildi.
OʼzMU Аxborot xizmati