The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

OʼZBEKISTON ELEKTRON OАV MILLIY АSSOTSIАTSIYASI 5 TА UNIVERSITET BILАN MEMORАNDUM IMZOLАDI

Bugun “Yangi Oʼzbekiston. Yangi nigoh” mediahaftaligi doirasida Oʼzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yangi oʼquv binosi hamda mamlakatimizdagi ilk talabalar mulьtimedia studiyasining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Bu yerda eng faol va tashabbuskor talabalar guruhi jurnalistikaning amaliy koʼnikmalarini oʼzlashtirishlari, shuningdek, talabalar hayoti bilan bogʼliq yangiliklarni yoritishlari hamda zamonaviy jurnalistika uslublari boʼyicha amaliyot oʼtashlari mumkin.

Tadbirda Milliy universiteti rektori Inomjon Madjidov, Oʼzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Аssotsiatsiyasi Bosh direktori Jaloliddin Safoev,Xalqaro Press-klub raisi, OʼzJOKU rektori Sherzodxon Qudratjoʼja, Oʼzbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori Ulugʼbek Аzizov, Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti rektori Sarvar Babaxodjaev, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsievalar, shuningdek,yosh mutaxassislar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Аnjumanda soʼzga chiqqan Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Inomjon Madjidov oʼz soʼzida bugungi kunda jurnalistika rivoji jamiyatning rivojini barometri boʼlib xizmat qilish darajasiga chiqayotgani, mana shu soha qachonki raqobatbardosh kadrlar bilan taьminlangandagina rivoj topishini taʼkidlab oʼtdi.

Endilikda mana shunday zamonaviy multimedia studiyalari OАV sohasida kadrlar tayyorlanadiganOʼzbekistonning 5 ta universitetidagi fakulьtetlar qoshida tashkil qilinadi.

Ochilish marosimidan soʼng, bu tashabbus ishtirokchi tomonlar oʼrtasida oʼzaro memorandumlar vositasida mustahkamlandi.

Ushbu mediahaftalik doirasida ixtisoslashtirilgan universitet va fakulьtetlar talabalari PR va SMM, jurnalistika, operatorlik mahorati, montaj va boshqa yoʼnalishlar boʼyicha oʼz malakalarini oshiradilar.

Nasrillaeva Sitorabonu,

OʼzMU Matbuot xizmati rahbari