Oʼzbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulьtetida ochiq eshiklar kuni boʼlib oʼtdi
Bugungi kunda taʼlim tizimida umumtaʼlim maktablari bilan oliy oʼquv yurtlari oʼrtasidagi hamkorlik eng dolzarb masalaga aylanmoqda. Oʼzbekiston Milliy universiteti umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib bormoqda. Bitiruvchi sinf oʼquvchilarining universitetga tashriflari ketma-ket tashkil etilmoqda.
2021 yil 24 may kuni Geografiya va tabiiy resurslar fakulьteti Olmazor tumanidagi 261-umumiy oʼrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf oʼquvchilarni OʼzMU taʼlim dargohida tahsil olishga jalb qilish maqsadida ochiq eshiklar kuni oʼtkazildi.
Shuningdek, bitiruvchi oʼquvchilar uchun Oʼzbekiston Milliy universitetining Geografiya va tabiiy resurslar fakulьteti boʼylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Jumladan, fakulьtet dekani Sh.M.Sharipov H.Hasanov nomidagi “Globus” oʼquv metodika xonasi bilan tanishtirib chiqdi. Bundan tashqari, fakulьtet dekani Sh.M.Sharipov bitiruvchi sinf oʼquvchilar bilan muloqot qilib, universitetdagi mavjud fakulьtetlar hamda yoʼnalishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Suhbat davomida maktab oʼquvchilari oʼqishga qabul qilishda qanday yangiliklar kutilayotgani haqida qiziqdilar va oʼzlari uchun koʼplab qiziqarli boʼlgan savollarga javob oldilar.
Tashrif yakunida 261-umumiy oʼrta taʼlim maktab oʼquvchilari va ularga biriktirilgan ustozlari koʼrsatilgan eʼtibor uchun universitet maʼmuriyati, Geografiya va tabiiy resurslar fakulьteti dekani, professor-oʼqituvchilar hamda ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildirib, katta taassurot bilan qaytdilar.
Universitetga uyushtirilgan tashrif oʼquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi va oliy taʼlim muassasasida oʼqish uchun intilishlariga turtki boʼldi desak, aslo adashmaymiz.
OʼzMU Аxborot xizmati