The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI PREZIDENTI ShАVKАT MIRZIYoEV: OLIY OʼQUV YuRTLАRIGА BOSQIChMА-BOSQICh АKАDEMIK VА MOLIYaVIY MUSTАQILLIK BERILАDI

Prezident murojaati – uyg‘oqlikka chorlaydi.

Mamlakatimizda oxirgi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani singari ta’lim tizimida, xususan oliy ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlardan ko‘zda tutilayotgan eng oliy maqsad mamlakatimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishida munosib hissa qo‘shadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisga Murojaatnomasida, “Biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik” deb alohida to‘xtalib o‘tdilar. Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan muhim islohotlar sifatida ularga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik berilishini keltirish mumkin.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan ma’lumki, oliy ta’lim bosqichma-bosqich bozor munosabatlarining to‘laqonli sub’ektiga aylantirilib,akademik va moliyaviy mustaqillik tamoyillari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa universitetlarning boshqaruv tuzilmasini faol o‘zgartirishga, funksiyalarni maqbullashtirishga, yangi moliyalashtirish manbalarini topishga, zamonaviy ta’lim usullarini shakllantirishga va ta’lim sifatini oshirishga undaydi. Xalqaro maydonda oliy ta’lim muassasalarining faoliyati, binobarin, ularni boshqarish tobora korporativ tus olmoqda. Oliy ta’lim kontekstida har doim universitetlarning mustaqilligi, akademik erkinliklari va ta’lim sifatini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lib kelgan. Bugungi kunda oliy ta’limni boshqarish tizimlarining mustaqilligi, jamoaviyligi va shaffofligi butun dunyodagi eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan universitetlarning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Yevropa universitetlarining Buyuk Xartiyasida (Boloniya, 1988yil 18sentabrda tasdiq etilgan) oliy ta’lim mustaqilligi universitetlarning fundamental tamoyillaridan biri deb tan olinadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi oliy ta’lim mustaqilligi nima va qanday baholanadi?Umuman olganda institutsional mustaqillikning uchta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin: boshqaruv, akademik va moliyaviy. Shu bilan birga xodimlar shtatlarini shakllantirish erkinligi, ya’ni kadrlar mustaqilligi universitetning ma’muriy mustaqilligiga singdiriladi. Mazkur tasnif eng avvalo amerika oliy ta’lim tizimiga nisbatan qo‘llaniladi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev boshchiligida xalqimiz bilan birga barpo etilayotgan yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini boshqaruvida tub islohotlarning debochasi sifatida universitetlarga akademik va moliyaviy mustaqillikning berilishi quyidagi ijobiy o‘zgarishlarga asos bo‘ladi:

-oliy ta’limga bo‘lgan jamiyat talabining o‘sib borishi va oliy ta’lim tizimida raqobatning kuchayishimehnat bozorining sifatli kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.

  • xususiy oliy ta’lim muassalari bilan davlat sektoridagi oliy ta’lim muassalarining raqobatga kirishi uchun teng imkoniyatlarning yaratilishiga asos bo‘ladi.
  • davlat va xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratiladi.
  • erkin raqobat muhitini yaratish orqali oliy ta’lim tizimida sifat ko‘rsatkichlarini oshirishni rag‘batlantiradi;
  • davlat universitetlaridamoliyaviy resurslarini oqilona taqsimlash tizimi yaratiladi,natijagayo‘naltirilgan moliyalashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi;

Muxtasar qilib aytganda, ushbu islohotlar mamlakat oliy ta’lim tizimining xalqaro arenalardagi nufuzini oshirishga, professor-o‘qituvchilarning maqomini kuchaytirishga, bir so‘z bilan aytganda O‘zbekistonda boshlangan uchinchi renessans davrining poydevorinimustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuhrat TOSHMATOV,

O‘zbekiston Milliy universiteti

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor