The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti vakillari strategik iqtisodchi kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganish maqsadida Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti tasarrufidagi Moskva iqtisodiyot maktabida bo’ldilar.

Moskva iqtisodiyot maktabida yo'lga qo'yilgan bakalavriat va magistratura bo'yicha kadrlar tayyorlash tajribasi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vladimir Lvovich Kvint boshchiligida bir guruh olimlar va mutaxassislar tomonidan tushuntirib o'tildi.

Ma'lumot o'rnida, O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov Rossiya strategiya maktabining asoschisi, strategiya nazariyasi bo‘yicha dunyodagi yirik mutaxassis, akademik Vladimir Lvovich Kvint bilan uchrashib, ushbu g‘oya yuzasidan kengashgan edi. Vladimir Kvint O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida boshqarishga tayyorligini bildirgan edi.