O’zMU delegatsiyasi Berlin texnika universitetida
Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi Germaniyaning Berlin texnika universitetiga tashrif buyurdi.Ma’lumki, mazkur universitet 1799 yilda tashkil topgan bo‘lib bugungi kunga qadar ko‘plab Nobel mukofoti sovrindorlari aynan shu universitetda tahsil olganligi bilan mashhur.
Bugungi uchrashuvda tomonlar umumiy hamkorlik jihatlari to‘g‘risida fikr almashdilar. BTU ning vitse prezidenti Dr. Stephan Volker universitetlarda hamkorlik "Quyidan yuqoriga qarab" prinsipiga asoslanisha va ikki universitet professor-o‘qituvchilari eng avvalo hamkorlikni boshlari zarurligini ta’kidladi. Universitetning xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yevelina Skurski onlayn uchrashuvlar tashkil qilib ikki universitet olimlarini kelgusida hamkorlik qilishlarini tashkil qilish lozimligini bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar ikki universitetning ilmiy hamkorligining umumiy kesishuv nuqtalarini aniqlash va ularni qadamba-qadam amalga oshirishga kelishib oldilar.