O’zMU rahbariyati va jamoasi “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga ko‘ra 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan O'zMU rahbariyati va jamoasi “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.Ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridagi pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.