“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunning yangi taxriri talaba-yoshlarga yetkazildi
Ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilishini talab etadi. Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun esa bundan 22 yil avval qabul qilingan. Qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining mas’ul qo‘mitalari hamda ishchi guruhlari tomonidan bir necha bor muhokamalar o‘tkazildi. Natijada yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 19 may kuni, Senat tomonidan esa 7 avgust kuni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentabr kuni mazkur Qonunni imzolashi bilan, amalda bo‘lgan 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ARM majlislar zalida yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun mazmun-mohiyatini universitet jamoasi va talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida sohaning malakali mutaxassislari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tadbirida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Toshmatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor K.Mirzaaxmedov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
N. Eshmamatova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Mallabayev, O‘zMU yuriskonsulti G.Ya’xyayeva, O‘zMU doktoranti
G. Abdullayeva, 25 nafar universitet professor-o‘qituvchilari, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Toshmatov ochib berdi. Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat- deya so‘z boshladi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Toshmatov. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi
2020 yil 23 sentabrdagi 637-sonli qonun mazmun-mohiyatihamda Ta’lim to‘g‘risidagi qo‘nun ijrolari to‘g‘risida universitetda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘z fikirlarini bildirdi.
Shuningdek Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon haqida ham gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori K.Mirzaxmedov so‘z olib, bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga davlatimiz tomonidan nihoyatda katta e’tibor qaratilayotganligi ta’lim-tarbiya jarayoni — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti hususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Ochiq muloqotda qatnashgan professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘zlarining mazkur yo‘nalishda vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ishlar bo‘yicha qiziqtirgan savollariga munosib va asosli javoblarni olishdi.
Yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning huquqiy asoslariga Universitet yuriskonsulti G.Yax’yayeva to‘xtalib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
637-sonli qonun mazmun-mohiyati ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari vakolatlari, ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli kabi, o‘ta muhim masalalar doirasida fikr-mulohazalar almashildi.
O‘zMU yuriskonsulti
G. Ya’xyayeva