The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

YOSHLAR UCHINCHI RЕNЕSSANS DRAYVЕRLARI

Yoshlikda egallangan ilmlar xazinasi toshga o‘yib yozilgan hikmat sarchashmasi misol inson tafakkurini bir umr charxlab, uni komillik sari yetaklaydi. Zero, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan umrboqiy meros shunchaki paydo bo‘lib qolmagan. Ilm yaxshi so‘zlar jamlanmasigina emas, insonni kamolot darajasiga olib chiqadigan najot qal’asi hamdir.

Ilm o‘rganish va o‘rgatishda avvalo hamjihatlik, ustoz va shogird an’analari, ayniqsa yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish yo‘lidagi dadil sa’yu harakatlar mujassam. Shu yilning 30-noyabridan 7-dekabriga qadar ana shunday yaxshi harakatlardan biriga start berildi.

Toshkent shahar Olmazor tumani xududida joylashgan Oliy ta’lim muassasalari-Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba yoshlari ishtirokidagi “Talabalar festivali” boshlandi.

Universitet yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda ma’naviyat-ma’rifat targ‘ibotchilaridan iborat maxsus yoshlar klubi tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy chiqishlar talaba yoshlarda katta taa’ssurot qoldirdi.

Festivalning birinchi kuni ko‘plab yoshlar qatori sabina Shomuratova ham o‘z iqtidorini tengdoshlari orasida mahorat bilan namoyish eta oldi.

“O‘zbekistonim” nomli she’rni ma’romiga yetkazib o‘qib berganida, zalga sukunat cho‘kdi. Qalblar shirali ovoz, ta’sirli ijro sehridan bir nafas hayratga tushdi.

Tengdoshlari va ustozlari qarshisida o‘z iqtidorini namoyish eta olgan talaba yoshlarning tahsil olyotgan oliygohlari turli yo‘nalishga ixtisoslashgan bo‘lsada, ularning hammasi kitobsevar, musiqa va san’at ixlosmandlari, ta’bir joiz bo‘lsa, yangicha dunyoqarash bilan o‘z kelajagi sari intilayotgan umidli yigit qizlardir.

“Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostida Olmazor tuman hokimligi va Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali” minglab yoshlarimizni bir oliy maqsad yo‘lida birlashtirayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ertamiz kelajagi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish.

Yurtimizdagi islohotlarga nisbatan talaba yoshlarning daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirib, ular tafakkurida yangicha tashabbus va g‘oyalarni shakllantirish.

Qolaversa, 5 muhim tashabbus doirasida umidli yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari, istiqbolli rejalarining mazmun mohiyatini ommalashtirish, shuningdek talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ta’lim va tarbiyaning samarali integratsiyasini yaratish.

Festival doirasida: talaba-yoshlar musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini tengdoshlari orasida ko‘rsatadi. “Vatan mening nigohimda” yoshlar tanlovida qatnashib, shu azaz vatanga bo‘lgan muhabbati tuyg‘usini namoyon qiladi.

Sportning futbol, mini-futbol, voleybol, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalarda yigit qizlarimizdagi jismoniy chiniqish yana bir bor sinovdan o‘tadi.

“Axborot texnologiya va internetdan samarali foydalanish” mahorat darslari oliygohlar talabalarining zamonaviy texnologiyalar borasidagi bilimlarini boyitishga xizmat qiladi.

Festival kun tartibidan o‘rin olgan “Yoshlar uchinchi renessans – drayverlari” mavzusidagi talabalar anjumani Universitetda bo‘lganligi bilan katta ahamiyatga ega. Yoshlarni kelajak dasturlarimizga nisbatan teran fikrlab, yangi innovatsion g‘oyalarni harakatga keltirishiga turtki bo‘ladi.

Shuningdek, festivalda yoshlar kutubxonasi, “Kitoblar karvoni” loyihalari bo‘yicha kitob yarmarkalari, yosh kitobxonlar o‘rtasida “Men o‘qigan kitob”, “Zakovat”,“Omadli yoshlar” intelektual tanlovlarini ham o‘tkazish belgilanmoqda.

Jadal rivojlanib borayotgan bugungi taraqqiyot asri yoshlardan zamonaviy bilimlarni puxta egallash bilan birga har tomonlama intelektual yetuk kadrlar bo‘lib yetishishni talab etadi.

Shu ma’noda nafaqat puxta bilimga ega bo‘lish, balki doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydigan va yanada barkamol bo‘lishga intiladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga barchamiz birday mas’ulmiz.

Talabalar festivali mazmun mohiyati jihatidan xuddi shu maqsadni, yoshlardagi shijoat va g‘ayratni rivojlantirish, yaxshi mutaxassis bo‘lish istagini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston milliy universiteti Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali” yoshlarda juda kotta taassurot qoldirdi va yanada o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdilar.

Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi