Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Hamdardlik

O‘zMU professori, kimyo fanlari doktori, Kimyo fakulteti “Makrosiklik birikmalar kimyosi“ ilmiy laboratoriyasi asoschisi va mudiri Oynisa Karimovna Toshmuhamedova 90 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi O‘zR FA akademigi Bek Toshmuhamedovning rafiqalari O.Toshmuhamedovaning olamdan o‘tganlari munosabati bilan ularning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Olimamizning ilm-fan sohasini rivojlantirish yo‘lidagi katta xizmatlari, ibratli faoliyatlarini yuksak qadrlaymiz.

O'zMU Axborot xizmati