Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Holon Texnologiya Institutida O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti talabalariga diplom topshirildi

23-sentabrida Isroilning Holon Texnologiya institutida (HIT) O'zbek-Isroil qo'shma fakultetining Amaliy matematika hamda Kompyuter ilmlari yo'nalishlaridagi 16 nafar talabalar Ozarbayjon va Isroil davlatlari talabalari bilan birgalikda diplom bilan taqdirlandilar.   HIT rektori Eduard Yakubov qo'shma fakultet talabalarini universitetni muvafaqqiyatli tamomlaganlari va ikki universitet diplomlari olganliklari bilan qutladi.