Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan maxsus maktabda psixologik trening tashkil etildi
🔹Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 106-sonli maxsus maktabda psixologik trening tashkil etildi.🔹Tashrif davomida maktab direktori o‘rinbosari va psixologi bilan birgalikda zaif eshituvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan hamda o‘quvchilarning bilim-ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.