Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

ILMIY TАDQIQOTLАR SАMMITI

Joriy yilning 12 iyunь kuni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʼzbekiston Milliy universiteti, "Oʼzbekiston-Frantsiya" doʼstlik jamiyati hamkorligida Ilmiy tadqiqotlar sammiti oʼtkazildi.

Mazkur sammitni OʼzMU xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori R.Shirinova oʼz nutqi bilan ochib berdi.

Shundan soʼng, sammitda Bosh prokuraturasi akademiyasi katta prokurori, yu.f.d. А.S.Odinaev, Imom Buzoriy ilmiy tadqiqot markazi boʼlim boshligʼi M.U.Аmonov, Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari, dotsent А.А.Turgʼunov, Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi katta oʼqituvchisi, podpolkovnik Sh.N.Muxamedov va M.Yu.Badalbaeva, Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" psixologi S.S.Islamova, OʼzMU dotsenti J.K.Yusubov, Jeneva universiteti magistrnati J.T.Xushvaqovlar ilmiy faoliyat va uni yoshlarda shakllantirish yuzasidan maʼruzalar olib bordilar.

Onlayn shaklda “Zoom” platformasi orqali boʼlib oʼtgan sammitda 200 nafarga yaqin professor-oʼqituvchilar, yosh olimlar va talabalar ishtirok etishdi. Ushbu sammitda ilmiy loyihalar yozish tartibi, ilmiy sohada kadrlar tayyorlash, yoshlarga ilm-fan sohasidagi imkoniyatlar va yutuqlar, boshqa davlatlarga borib oʼqish faoliyatini davom ettirish yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, sammit ishtirokchilari oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Sammit soʼnggida maqolalar toʼplam shaklida chop etilishi aytildi va faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilar ilm-fan faoliyati bilan bogʼliq uchrashuvlar koʼproq oʼtkazilishiga kelishib olindi.

Sammit ishini tashkil etishdagi amaliy yordami uchun OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor R.Shirinovaga, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor X.Saburovga, hamkortashkilotvakillariga, universitet Yoshlar ittifoqi BT raisi А.Usmanovga, Ijtimoiy fanlar fakulьteti iqtidorli talabalariga va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

OʼzMU Аxborot xizmati