KIMYO FANI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN OLIMPIADA G‘OLIBLARI ANIQLANDI
O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun kimyo fani bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi.
Unda Toshkent shahrining Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlari umumta'lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin: Dilafro‘z Ikromova (Shayxontohur, 324-sonli maktab)
2-o‘rin: Robiya Shavkotova (Uchtepa, 107-sonli maktab)
3-o‘rin: Farangiz Shokirova (Uchtepa, 62-sonli maktab)