Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti vakillari strategik iqtisodchi kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganish maqsadida Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti tasarrufidagi Moskva iqtisodiyot maktabida bo’ldilar.

Moskva iqtisodiyot maktabida yo'lga qo'yilgan bakalavriat va magistratura bo'yicha kadrlar tayyorlash tajribasi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vladimir Lvovich Kvint boshchiligida bir guruh olimlar va mutaxassislar tomonidan tushuntirib o'tildi.

Ma'lumot o'rnida, O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov Rossiya strategiya maktabining asoschisi, strategiya nazariyasi bo‘yicha dunyodagi yirik mutaxassis, akademik Vladimir Lvovich Kvint bilan uchrashib, ushbu g‘oya yuzasidan kengashgan edi. (https://t.me/nuu_uz/8339) Vladimir Kvint O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida boshqarishga tayyorligini bildirgan edi.