Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

MАHАLLА – MOZIY, BUGUN VА KELАJАKNI TUTАShTIRUVChI MАSKАN

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning oʼz hayotidan rozi boʼlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʼyicha oldimizga qoʼygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʼgʼini hisoblangan mahalla institutining oʼrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʼzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini taʼminlash, sogʼlom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish toʼgʼrisidagi topshirigʼi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Prezident Аdministratsiyasi rahbari koʼrsatmalari asosida Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “M.Аshrafiy” mahallasida Oʼzbekiston Milliy universiteti jamoasi tomonidan “mahallabay” tizimi doirasida joriy yilning 10 fevralь kunidan boshlab salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, oʼtgan vaqt davomida Yashnobod tumanining “M.Аshrafiy” mahallasida universitetning yoshlar bilan ishlash, moliya va iqtisodiyot masalalari boʼyicha prorektorlari, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosarlari, professor-oʼqituvchilar va yosh tadqiqotchilari tarkibidan iborat ishchi guruhi tomonidan jami 390 ta xonadonda 1648 nafar fuqarolar bilan uyma-uy yurish orqali sotsiologik suhbatlar oʼtkazildi. Shuningdek, uyma-uy yurish orqali aniqlangan 88 ta muammoli holatlar oʼz joyida hal etildi.

M.Аshrafiy Shoh koʼchasi boʼylab 3 km masofada obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 60 tup daraxtlarga qoʼshimcha ishlov berildi. Shuningdek, universitet psixologlari tarkibidan iborat 12 nafar amaliyotchi psixologlar tomonidan 57 nafar (stress va agressiyaga moyil, oilaviy nizolari mavjud, nogironligi boʼlgan, uyushmagan yoshlar) fuqarolar bilan individual psixologik suhbatlar oʼtkazildi.

10 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ijtimoiy yordam sifatida tarqatildi. “M.Аshrafiy” MFY binosi toʼliq taʼmirlab berildi, 1 ta chet tilini oʼrgatish toʼgaragi tashkil etilib, mazkur xona mebellar bilan jihozlandi, 500 dona badiiy va ilmiy adabiyotlar universitet tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, universitetning fakulьtetlar kesimida mahalla yoshlari uchun fan toʼgaraklari tashkil etilib, kimyo, matematika, fizika va chet tilini oʼrgatish tizimi yoʼlga qoʼyildi.

Xususan, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli oʼzgarishlarning tub negizida xalqimiz tabiatiga mos boʼlgan hamda ongu-tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan bunyodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikka intilish kabi ezgu fazilatlar mujassam boʼlib, ular tabiatning uzviy va ajralmas qismi sifatida yasharish va yangilanish fasli boʼlmish bahor bilan, Navroʼz bayrami bilan uzviy bogʼliq.

Ushbu faslda mahalla-koʼy bir-biriga qalb-qoʼrini bagʼishlab yashash, bemorlar, yetim-esirlarning holidan xabar olish, tabarruk keksalarimizning duosini olishga intilish, kundalik turmushda uchrab turadigan gina-kudratlarni unutish, jamiyatimizni ahillik va hamjihatlikka chorlash kabi insoniy tuygʼular yanada kuchayadi.

Xalqimizga xos ushbu milliy anʼanalar esa ming yillik tarixga ega mahallalarimizda shakllanib, ardoqlanib kelinmoqda.

Bu borada universitet jamoasining ezgu fazilat yoʼlidagi saʼyi harakatlari davom etadi. Unda ishtirok etayotgan barcha masʼullarga, professor-oʼqituvchilarga “el-yurtga fidoyilik va ezgulik yoʼlida namunasiz” deb qolamiz.

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor