Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Malaka oshirish institutiting o’qituvchilari sertifikat bilan taqdirlandi.

🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazida shartnoma asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun 144 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.

🔸 Markaz hamda “International school of finance technology and science” instituti hamkorligida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 57 nafar professor-o‘qituvchilarga sertifikat va faxriy yorliqlar topshirildi.