Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi soha kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muvofiqlashtiruvchi soha kengashi yig‘ilishida respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari prorektorlari va vakillari ham ishtirok etdi.

Unda muvofiqlashtiruvchi soha kengashining me’yoriy hujjatlari va tarkibini tasdiqlash hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti yetakchi etib belgilangan ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqilgan Malaka talablarining loyihasi xususida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov ma’ruza qildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi muvofiqlashtiruvchi soha kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.