Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Nazariy fizikaning zamonaviy muammolari boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazildi

24-oktyabr kuni Oliy taʼlim fan innovatsiyalar vazirligida “Nazariy fizikaning yangi istiqbollari” (“New Trends in Theoretical Physics”) mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Ushbu tadbirda Yevropa, Janubiy Koreya, Rossiya va Qozogʻiston davlatlaridan tashrif buyurgan hamda mahalliy tadqiqotchilardan iborat 90 nafardan oshiq ishtirokchilar qatnashdilar.

Xalqaro konferensiyada nazariy fizika sohasida olib borilayotgan xalqaro tadqiqotlar, Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan fundamental tadqiqotlar natijalari haqida maʼruzalar qilindi. Unda respublikamiz va xorijiy olimlar ishtirokida maʼruzalar tinglandi, oliy taʼlim muassasalarida nazariy fizika sohasida bilim olayotgan talabalar, magistrantlari va yosh olimlar, bilim va tajriba almashadilar, zamonaviy ilm natijalarini oʻrgandilar.

Taʼkidlash joizki, joriy yilning 5-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilindi. Bu nazariy fizika boʻyicha yurtimizdagi ilk ilmiy tashkilot boʻlib, nazariy fizikaning turli sohalari boʻyicha, jumladan kvant xromodinamikasi (KXD), ogʻir-kvark tizimlari, ekstremal sharoitdagi materiya, Bose-Eynshteyn kondensatlari, yadro va relativistik astrofizika kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlar olib borishga qaratilgan.